Termiz shahridagi Avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi
Vaxshunvor 457 yildan e’tiboran Chog’aniyon, Tohariston va Badaxshonni ham o’ziga bo’ysundirib O’rta Osiyoda yirik davlatga asos soladi. Bundan taxlikaga tushgan Eron shohi Peroz eftaliylarga qarshi uch marta harbiy yurish qilgan va ularda muvaffaqiyatsizlikga uchragan. Natijada, eftaliylar Marv, Qobul va Panjob vodiysi, Qarashar, Kuchu, Qashqar va Xo’tonni ham qo’lga kiritadilar. Eron uzoq davr eftaliylarga xiroj to’lab turgan. Taxminiy fikrlarga ko’ra, Eftaliylar davlatining poytaxti Poykand yoki Balx shaharlari bo’lgan. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug’ullangan, qolganlari esa ko’chmanchi chorvachilik hayot tarzini o’z boshidan kechirgan. Eftaliylarning ko’pchiligi mahalliy aholi bilan aralashib, o’troq hayot tarziga o’tgan, yoki shaharliklarga xos yashashga moslashganlar. Eftaliylarning ko’chmanchi aholisi esa kigiz o’tovlarda, keng yaylovlar va suvga boy yerlarga ega bo’lishgan.
Sarlavhasiz
جميع منشورات قناة تيليجرام VAXSHIY TARIX | 21+ - Telemetr.io
O'zbek xalqining etnik shakllanishi, ilk o'rta asrlar davlatchiligi -
Hozirgi vaqtda ham mavjud bo’lgan Zag’ariq, Bo’zsuv, Darg’om kanallari V asrda barpo etilgan. Shuningdek, tog’ oldilariga suv olib borish uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan. Qalin mudofaali qo’rg’onlar ilk o’rta asrning o’ziga xos me’morchilik namunalaridan bo’lib, Nahshab vohasidagi Zahoki-Moron qal’asi, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular jumlasidandir. Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirim uzunlikdagi qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega bo’lgan «Devori Qiyomat», Buxoro vohasidagi uzunligi 336 kilometrli «Kampirik», Toshkent vohasidagi «Kampirdevor» istehkom devorlari shular jumlasidandir. Bu davr me’morchiligida qasrlar qurilishi, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Bu davrlarda «dehqonlar» qishloqda ekin yerlari, ariq bo’ylariga joylashib, «Koshavarzlar»ni bo’ysindirganlar va xom g’ishtdan kushk-qo’rg’onlar qurib yashaganlar. Jamoa yerlarini egallagan «dehqon»larning qullari, bog’-rog’lari, chorva mollari, xizmatkorlari va kanizaklari shaharda savdo-sotiq bilan ham shug’ullanish uchun ularning savdo – do’konlari hamda hunarmandchilik bilan bog’liq dastgohlari mavjud edi. V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida kichik-kichik sug’orish kanallari ishga tushuriladi.
Tashkent - 2021
Ko’rinadiki, ular dastlab ko’chmanchi chorvador bo’lishgan, keyinroq esa, shaharlarni ishg’ol qilib, uning doimiy aholisiga aylanishgan. Muhimi shuki, eftaliylar davlatida yer egaligi munosabatlari shakllana boshlagan. Eski tartibdagi shaharlar o’rnida yangi shahar-qal’alar qaror topgan. Eron, Vizantiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. O’rta Osiyoda feodal munosabatlari – yer egaligi yuzaga kelishining o’ziga xos xususiyatlari shuki, bu yerda deqhon ko’proq mulkdor zamindorga emas, yerga bog’lanib qolar edi. Bu esa chorikorlik tartibini vujudga keltirdi. Feodal munosabatlar yuzaga kelishini yana shundan sezish mumkin ediki, kushonlar podsholigi davrida dehqonchilik uchun yaroqli, sug’oriladigan yerlar asosan qishloq jamoalari ixtiyorida bo’lib, bu jamoa a’zolari «Kashovarzlar» deb atalardi. Yer egasi bo’lib qolgan harbiy zodagonlar esa «dehqon» deb atalardi.
Ularni “cho’qqayma qalpoq kiygan saklar” deyishgan: “Saka-Tiay-Taradarayya” Sirdaryo va Orol dengizi atrofida yashab, ularni “daryo narisidagi saklar” deyishganlar; “Saka-xaumavarka” o’rta Osiyoning markaziy va janubiy qismida istiqomat qilishgan. Bu qabilalarning bir qismi o’troqlik holatiga o’tib, dehqonchilik bilan shug’ullana boshlasa, boshqa katta qismi esa tog’ va tog’oldida istiqomat qilishgan, cho’llarda ko’chib yurishgan. O’troq bo’lib yashagan qabilalar esa ilk temir asridan (milodgacha XII-IX asr) “so’g’dlar”, “baqtriyaliklar”, “farg’onaliklar” va “xorazmliklar” deb atalgan. Milodgacha IV-III asrlardayoq o’rta Osiyoning shimoliy-sharqida turkiy tilli qabilalar mavjud bo’lib, ularning xorazm, so’g’d, baqtriya kabi yozuvlari o’sha joy aholisi ichida ishlatilgan.
Karimov ham tarixchilar va O’R FA ning rahbariyati bilan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” mavzusidagi uchrashuvida “biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz, o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak”, deyish orqali xalqimiz etnik shakllanishi masalasini chuqur o’rganish zarurligini ko’rsatgandi.
Turk adabiyoti tarixi (XIII-XVIII asrlar) - Turuz
Milodgacha birinchi ming yillikdan O’rta Osiyo dasht mintaqalarida yashagan xalqlar hududimizning markaziy va janubiy viloyatlariga o’troqlashuv jarayonini o’z boshidan kechirib, ularning janubga siljishi va Yunon-Baqtriya davlatini istilo etishi natijasida Buyuk Kushon saltanatining barpo bo’lishi bilan yakunlangan bo’lsa, G’arbiy Turk hoqonligi hukmronligi sharoitida cho’l aholisi Sirdaryo quyi oqimidan Markaziy Qizilqum orqali Samarqand atrofiga, so’ngra Qashqadaryoning Qarshi shahri orqali Surxandaryo viloyatidagi ko’hna Termiz, Dalvarzin, Shoxtepa, Ayritom kabi qadimiy shahar va yirik manzillarga kelib joylashganlar.
XI asrda yashagan Mahmud Qoshg’ariy “Devonu lug’otit turk” asarida turklarning ijtimoiy hayoti to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Iskandar Zulqarnayn Turonni bosib olayotgan paytda turklar uzun, uchi cho’ziq burk kiyib, ot chopayotib, orqa tomonidagi dushmanga mahorat bilan yoydan o’q otardi”. Xuddi shunday ta’rifni skiflar davriga oid arxeologik qazilmalarga bag’ishlangan asarida S. Rudenko ham takrorlaydi. Demak, qadimgi skiflar nomi bilan Sirdaryoning o’rta va quyi sohillaridan to Oltoygacha bo’lgan hududda ko’chib yurgan qabilalar turklarning ajdodi bo’lgan. Hozirgi zamon turkiyzabon xalqlarning soni 150 milliondan ortiqroq bo’lib, ular turli diniy e’tiqodga va 32 dan ko’proq bir-biriga yaqin tillarda so’zlashadilar. O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida ma’lum rol o’ynagan eftalit qabilalar uyushmasi ham etnik jihatdan turkiylar tarkibiga kirgan.
k. XVII asrga kelib ularning soni 50 dan oshgan, ya’ni quyidagi 20 yaqin qabila qo’shilgan: buyrak, qirq, qurama, yuz, kelachi, o’zz, qulon, uyrot, bulochi, makrit, mesit. Qisqasi, Oltin o’rdaning “mamlakati o’zbekiya” qismida shakllangan o’zbek xalqining shimoliy qatlami Turkistonda, uning markaziy qismi Movarounnahr va janubiy hududi Xurosonda qadimdan yashab kelayotgan turkiy qatlamga kelib qo’shilgan edi.
O’lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza asrlari davrida qanday nom bilan atalganliklari bizga noma’lum. Ilk bor o’rta Osiyo aholisi xususidagi ma’lumotlar sharq va antik davr yunon-rim manbalarida tilga olinadi. Yunon tarixchilari aytishicha, Yevroosiyoning katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy “skiflar” nomi bilan atalgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ahmoniylar va sosoniylar asoratiga tushib qolgan xalqlar orasida tur (ko’ra) lar ham tilga olinadi. Sharq manbalarida Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida, unga tutash yerlardagi xalqlar “Turk” nomi bilan, ular istiqomat qilgan yerlar esa “Turon” yoki “Turkiston” deb atalib kelingan. Firdavsiyning “Shahnoma”sida ham “Eron” va “To’ron” atamalari ko’plab tilga olinadi. Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida yashab kelayotgan turkiy xalqlarning keng qatlamiga 639 yildan “Turkiston” degan nom berilgandi.
O´ZBEKSITON RESPUBLIKASI OLIY VA O´RTA MAXSUS